Tizim Haqida

FX

FaceX Tizimiga Xush Kelibsiz

Bu dastur oddiy qilib aytganda — korxonangiz, maktabingiz yoki ofisingiz eshigidagi "aqlli qorovul". U kim kelganini yuzidan taniydi, xodimlarning davomatini aniq hisoblab beradi va begonalarni ichkariga kiritmaydi.

FaceX o'zi nima va u qanday ishlaydi?

Tasavvur qiling: xodimingiz ishga keldi. U qorovulga o'zini tanishtirmaydi, hech qanday qog'ozga imzo chekmaydi va hatto maxsus kartochkasini ham qidirmaydi. U shunchaki eshik tagiga o'rnatilgan kameraga (terminalga) bir soniya qaraydi.

Shu bir soniya ichida FaceX tizimi quyidagilarni bajaradi:

  • Kompyuter tarmog'i orqali insonning yuzini skaner qiladi va bazadagi 10 minglab rasm ichidan qidirib topadi.
  • Agar bu o'z xodimingiz bo'lsa, avtomat rottada eshik yoki turniketni ochadi.
  • Agar bu begona shaxs bo'lsa, eshik ochilmaydi va tizim bu haqida darhol xabar beradi.
  • Xodimning ishga kelgan aniq vaqtini (soat va soniyasigacha) qayd etadi va ushbu platformaga jo'natadi.

Va bularning barchasi atigi yuz millisoniya (ko'z ochib yumguncha bo'lgan vaqt) ichida ro'y beradi!

Biz qaysi kundalik muammolarni hal qilamiz?

"Jurnalga yozib qo'yish" o'tmishda qoldi

Qorovul daftariga qalam bilan kim soat nechada kelganini yozish nafaqat eskirgan, balki juda noto'g'ri tizim. Odamlar bir-birini o'rniga yozib qo'yishi yoki vaqtni aldamasligi uchun tizim har bir kirish-chiqishni rasm bilan birga (dalil sifatida) saqlaydi.

Kartochka bilan bo'ladigan qallobliklar

Agar tashkilotingizda eshiklar kartochka bilan ochilsa, bir xodim o'zining do'stining kartasini ham eshikka bosib ishga keldi qilib qo'yishi mumkin. FaceX da esa kartochka xodimning aynan yuzi hisoblanadi. Yuzni kimgadir berib turishning iloji yo'q!

Oylik hisoblash (Buxgalteriya)

Oy oxirida yuzlab xodimlarga oylik chiqarish uchun ularning kim necha marta kechikkani yoki kelmaganini hisoblash kadrlar bo'limi uchun katta bosh og'riq. FaceX hamma tayyor sanalgan jadvallarni "1 tugma" bilan (Excel yoki PDF) formatida chiqarib beradi.

Ko'p filialli korxonalar

Agar sizda shahar bo'ylab bir nechta ofis yoki do'konlaringiz (masalan maktab filiali, klinika tarmoqlari) bo'lsa, har bir filialni alohida aylanib chiqish shart emas. Tizim markazlashgan va qayerda qaysi xodim ishlayotganini sizning telefoningizda / kompyuteringizda ko'rsatib turadi.

Kimlarga Eng Ko'p Foyda Keltiradi?

👨‍💼

Rahbarlar uchun

Ish tartibiga rioya etilishini masofadan turib telefon orqali kuzatish va nazorat qilish. Faoliyat smaradorligini sezilarli darajada oshiradi.

👩‍💻

Buxgalteriya va HR

Oy oxirida kim qancha ishlaganini qo'lda sanamasdan, bir zumda aniq jadvallarni dasturdan olish va haqiqiy ishlagan soatiga pul to'lash.

🛡️

Xavfsizlik Bo'limi

Hududga begonalar / bloklangan shaxslar kirishini mutlaqo cheklash va ruxsatsiz urinishlardan xabardor bo'lish imkoniyati.

IU

Loyiha Muallifi: Izzatbek Ulkanov

Ushbu tizim O'zbekistonda tadbirkorlarga, maktab va ofislarga ishlarni yengillashtirish hamda zamonaviy texnologiyalardan unumli foydalanish maqsadida noldan boshlab loyihalashtirildi. Maxsus katta serverlarsiz va ortiqcha xarajatlarsiz ishlashi uchun juda kuchli (FastAPI) vositalarda yozildi.

Loyihalashtirildi © 2024-2026. Barcha mualliflik huquqlari himoyalangan.